Sahifa yuklanmoqda . . .

Muhammad Rizo Ogahiy Hayoti va Ijodi

Muhammad Rizo Ogahiy

mohir hattot
tarjimon
mutafakkir olim
adib
ijodkor

1808 yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida tavallud topgan

1873 yili Xiva shahrida vafot etgan

7474 marta ko'rildi


Muhammad Rizo Ogahiy asarlari:

Barcha asarlari

Tuyuqlari

Qasidalari

Xos ruboiylari

Yakpora g'azallari

Voqeaband g'azallari

Tarje'bandlari

Muhammad Rizo Ogahiy 1809 yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida tavallud topadi. Uch yasharligida otasi Erniyozbek vafot etadi. U tog‘asi-Xorazmlik mashhur shoir Shermuhammad Avaz o‘g‘li Munisning tarbiyasida bo‘ladi, uning ko‘magida xat-savodini chiqaradi. So‘ngra Xivadagi madrasalardan birida tahsil oladi, fors, arab tillarini mukammal o‘rganadi.

Tarjimai hol

Ogahiy o‘z ijodiy faoliyati davomida Sa’diy Sheroziyning «Guliston», Xisrav Dehlaviyning «Hasht bihsht», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Kaykovusning «Qobusnoma», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi, o‘z millatini Sharq adabiyotining nodir durdonalari bilan bahramand etadi. U o‘z davrida taniqli mutafakkir, olim, mohir hattot, tarjimon sifatida shuhrat qozonadi, ilg‘or dunyoqarashi bilan ilg‘or fikrning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ogahiyning xalqparvarlik g‘oyalari

Ogahiy xalqqa yaxshilik qilishni o‘zining insoniy burchi deb biladi. Ogahiyning fikricha, oddiy xalqqa xizmat qilish ma’naviy qashshoqlanishning oldini oluvchi choradir. Xalqqa xolis xizmat qilgan kishining martabasi baland, elda quyoshdek aziz bo‘ladi. Bu g‘oya Ogahiy pedagogik qarashlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Inson ma’lum bir jamiyatda hayot kechirib, tarbiyalanar ekan, shu jamiyat a’zolari bilan muloqotda yashamog‘i kerak.

Ogahiy inson kamoloti haqida

Ogahiy insonning kamolga yetishishi uchun yoshligidan ilm va kasb hunar egallashi shart ekanligini ta’kidlaydi. Uningcha, ilm-ma’rifat insonning ma’naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotida kuchli vositadir, ilmlarni egallash har bir musulmon uchun ham qarz, ham farz. Inson qadr-qimmati uning «simmu zari» (oltin va kumushi) bilan emas, ilmu hunari, «ojizu bechoralar»ga ko‘rsatadigan himmati bilan baholanadi. Ogahiy odamlarni shunday fazilat sohibi bo‘lishga da’vat etadi. Ogahiy ilmga intilishni yuqori baholaydi va har bir inson ilmlarni egallashi zarurligini aytadi.

Ogahiy ta’lim-tarbiya xaqida

Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda muhim ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, til insonni boshqa mavjudotdan farq qilib turadigan asosiy belgidir, so‘z va til «takallum» qilishga, «fasohat va nafosatga», «ko‘ngil mahzanidan javohir sochish» uchun berilgandir.

Ogahiyning uqtirishicha, inson bilan tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, tabiat go‘zalligi inson tafakkuri ma’naviy dunyosi rivojida g‘oyat muhimdir.

Ogahiyning pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy nafosat tarbiyasini Vatan tabiati, uning go‘zalligi bilan bog‘liq holda amalga oshirishni tavsiya etadi.

Ogahiy mehmondo‘stlik go‘zal fazilat ekanligini aytib, yoshlarning mehmon kutish, unga hurmat, xushmuomalada bo‘lish, kuzatish odobini egallashlariga e’tibor berishni, ularga mehmondo‘stlik odobining mohiyatini tushuntirishni tavsiya etadi.

Ogahiyning fikricha, to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.

Ogahiy pedagogik qarashlarining ahamiyati

Muhammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatida insoniy eng yaxshi fazilatlarni — ilm o‘rganib jamiyat farvonligi yo‘lida xizmat qilish insoniylikning eng yaxshi fazilati hisoblanadi. U do‘stlikni, mehmondo‘stlikni, axloqiy go‘zallikni ulug‘laydi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorladi. Uning bu fikr, o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.

Sa’diy Sheroziyning «Guliston», Xisrav Dehlaviyning «Hasht bihsht», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»,

Kaykovusning «Qobusnoma», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Uning she’rlari o‘zbek va tojik tillarida jilo sochib, insoniylikni, ikkiyuzlamachikni qoralagan. Ayniqsa, Ogahiyning “Sevishganlar tumori” devoni yuksak insoniy his-tuyg‘ulari haqida ifodalangan.

Ogahiy Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Sa’diy Sheroziy, Jomiy, Hiloliy va boshqa shoirlar she’r va asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ogahiy tarjimonlik sohasini piri bo‘lgan. Uning tarjimonlik tartib qoidasi bizning zamonamizdagi badiiy asar tarjimonlariga yaqin.

Tarjimonlar, ikki tilda so‘zlashuvchi — o‘zaro bog‘lanishlar va o‘zaro ta’sirlar adabiyotshunoslikning murakkab jarayoni sanaladi.

O‘zbek adabiyoti bu davrga kelib tojik, azarbayjon, turkman va boshqa adabiyotlar bilan boyitildi. Firdavsiyning “Shohnoma”si, Bedil she’riyatini oshirish, Fuzuliyning g‘azallariga yozilgan tashhiboslar o‘zbek adabiyotining durdonalari sanaladi.

Ogahiy 20 dan ortiq Sharq mumtoz adabiyotshunoslarining tarixiy va badiiy asarlarini (shular qatorida Sa’diyning “Gulistoni” ) o‘zbek tarjima qilgan. Uning tarixiy asarlarini tarixchi Bayoniy davom ettirgan. Ogahiy 1874 yil Xivada vafot etgan.

Tafakkur Tafakkur asarlari

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: