Sahifa yuklanmoqda . . .


Alloh go'zal

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Diydori bir shirin umid, 
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Tuproqqa jon etmish ato
Momo Havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Robbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

118 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oraz husn gul hilol Alloh go'zal arsh ark sulton ayb nuqson poy jalol diydor umid azal vujud abad xayol nahr zilol bag'ir bahor chehra orom jon hol tuproq momo havo odam ato shoir tilak ta'b ruh rob
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari