Sahifa yuklanmoqda . . .

Lutfiy Hayoti va Ijodi

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Hozircha Lutfiy haqida to'liq ma'lumot kiritilmadi. Iltimos keyinroq tekshirib ko'ring.

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: