Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko‘zingni o‘ynatma, kulma, qarama...

Ko‘zingni o‘ynatma, kulma, qarama, 
Nozli nigohlaring kerakmas sening.
Bog‘lab olarman, deb endi o‘ylama... 
Tortgan u «oh»laring chin emas sening.

Ko‘p kunlar sudrading tusmol yo‘llarda, 
Men-da tilsizlarcha ergashdim-ketdim. 
Adashgan ekanman, bilsam, cho‘llarda, 
Mana endilikda tushunib yetdim...

Tushundim: u totli xayollar - xayol, 
Aldanmas bu yurak shirin so‘zingga.
Yo‘qol, ey aldamchi, yondashma, yo‘qol, 
Termulish yo‘q endi orsiz yuzingga!

Jilmayma, qarama, so‘zlama menga, 
Eski afsonani kuylama menga...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

207 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'z kulgi noz nigoh o'y bog' oh kun yo'l til cho'l tush xayol yurak so'z aldamchi or yuz afsona kuy
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari