Sahifa yuklanmoqda . . .


Kel, dahrni imtihon etib ket...

Kel, dahrni imtihon etib ket, 
Sayri chamani jahon etib ket.

Bedardlaring jafolaridin
Faryod etib, fig’on etib ket.

Dunyo chamanini bulbulisen, 
Gul shoxida oshyon etib ket.

Ey ashk, ko’zimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Olam chamaniki bevafodur, 
Bir oh bila xazon etib ket.

Ushshoq maqomi bo’stondur, 
Azmi rahi bo’ston etib ket.

Maqsad na edi, jahona kelding? 
Kayfiyatini bayon etib ket.

Fosh etma ulusqa ishq sirrin, 
Ko’ngulda ani nihon etib ket.

Kel, ishq yo’lida ko’zlaringni
Ey Nodira, durfishon etib ket.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Yanvarda yuklangan

1035 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dahr imtihon sayr chaman jahon dard jafo faryod fig'on dunyo bulbul gul shox ashk ko'z maktab hayrat saboq olam vafo oh xazon ushshoq bo'ston azm rah maqsad kayfiyat fosh ishq ulus sir ko'ngul yo'l nodira dur
Muallif
Nodirabegim

Nodirabegim

(1792-1842) O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Nodira XVIII asrning oxirgi choragida Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga kelgan. Asl ismi Mohlaroyimdir. Nodira, Maknuna va Komila taxalluslari bilan ijod qilgan. Nodira she’riyati qizg’in va hayajonli, boy va mazmundor, ayni paytda fojialar bilan to’la hayotining o’ziga xos sharhlaridan iborat. Bu she’riyatning bosh mavzusi ishqdir. Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Nodirabegim Yakpora g'azallari Nodirabegim asarlari