Sahifa yuklanmoqda . . .


Avtoportret

Qora shamol uxlar boshida,

quloqlari tayyoragohdir.

Sfinksning chehrasi – yuzi,

yarmi qora, yarmisi oqdir.

 

Ko'zlarida qotgan yildirim,

osmonlarni rangga qoradir,

jaranglatib so'ngaklarini,

bo'ronlarni yirtib boradir.

 

Kulganida munis chechaklar

potrab chiqar o'ng-u so'lidan.

Bir-biridan chiroyli kunlar

kaptarlarday uchar qo'lidan.

 

Eng baxtiyor lahzalarda ham

uning sokin isyoni so'nmas.

Tug'ilmagan shunchaki aslo,

u hech qachon shunchaki o'lmas.

 

1980


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

87 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
avtoportret portret shamol qora bosh uyqu quloq tayyora sfinks chehra yuz oq ko'z yildirim osmon rang so'ngak bo'ron jarang kulgi chechak o'ng so'l chiroy kun kaptar qo'l baxt lahza sokin isyon tug'ilish o'lim
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari