Sahifa yuklanmoqda . . .


Yonma-yon

Doim yonma-yonmiz, hamroh kimdirga, 
Kunning tonglarida, kechalarida. 
Shahar yo‘llarini to‘ldirib birga, 
Yolg‘izmiz umrimiz ko‘chalarida. 

Gavjum bozorlarda, hiyobonlarda, 
Tirband yo‘laklarda yonma-yon yurib. 
Ulkan daryo kabi shovqin-suronda, 
Qaylarga oqamiz turtib-turtinib.  

Havo qorishtirar nafasimizni, 
Izimizni yaqin qiladi tuproq. 
Qo‘llarimiz yaqin, yelkalarimiz, 
Lekin yuragimiz negadir uzoq. 

Nihoyat olisdir xayollarimiz, 
Nihoyat olisdir xohish-istaklar. 
Har tong bekatlarda yaqin bo‘lsak ham, 
Nihoyat olisdir orzu-tilaklar. 

Soat lahzalari urar erta-kech, 
Bog‘larda o‘zgarar turfa fasllar. 
Xuddi murvatin burab qo‘ygandek 
Hamon shoshilamiz, shoshamiz bizlar. 

Nimaga shoshamiz, shoshamiz kimga, 
Har kunning tongida, kechalarida. 
Shahar yo‘llarini to‘ldirib birga, 
Yolg‘izmiz umrimiz ko‘chalarida. 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

50 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yonma-yon hamroh kun tong kecha shahar yo'l yolg'iz umr ko'cha bozor hiyobon yo'lak daryo shovqin havo nafas iz tuproq qo'l yelka yurak xayol xohish istak bekat orzu tilak soat lahza bog' fasl murvat
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari