Sahifa yuklanmoqda . . .


Agar oshiqlig‘im aytsam...

Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar,

Bu ishq sirrin bayon qilsam taqi ul xonumon o‘rtar.

 

Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa bo‘lur giryon,

Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar.

 

Meni bexonumon tinmay kuyub-yondim firoqingda,

Oting tutsam, «Nigoro» debki, zavqidin zabon o‘rtar.

 

Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay,

Tilim lol-u ko‘zum giryon, so‘ngaklarim nihon o‘rtar.

 

Na qattiq kun ekan, jono, visolingdin judo bo‘lmoq,

Meni ohim tutunig‘a zamin-u osmon o‘rtar.

 

Bu dard ila xarob o‘ldum, kelib holimni so‘rmassan,

G‘aming boshqa, alam boshqa, yurakimni fig‘on o‘rtar.

 

Bu Mashrab dardini, jonoki, har kim boshig‘a solma,

Agar mahsharda oh ursam, behishti jovidon o‘rtar.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

4613 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oshiq jon jahon ishq sir bayon xonumon kishi o't zarra giryon sabr toqat yurak bag'ir firoq nigor zavq zabon til jono vasf ko'z lol so'ngak nihon qattiq kun visol judo oh zamin osmon dard xarob hol g'am alam fig'on mashrab bosh mahshar behisht jovido
Muallif
Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrab

(1653-1711) Boborahim Mullavali o‘g‘li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‘zidan keyin alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‘ ijodkorlarimizdan biridir. Uning lirik merosi bilan birga «Mabdayi nur» va «Kimyo»asarlari ham yetib kelgan. Mashrab lirikasining mavzu qamrovi juda keng. Unda olam va odamga aloqador bo‘lgan barcha mavzular qamrab olingan deyish mumkin. Ammo ularning barchasi go‘yoki ishq-muhabbat mavzusi atrofiga birlashgandek tuyuladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Boborahim Mashrab Yakpora g'azallari Boborahim Mashrab asarlari