Sahifa yuklanmoqda . . .


Yurak

Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo‘r etding.

Ko‘zimga oyni berkitding,

Yurak, sensan ishqibozim

 

Senga tor keldi bu ko‘krak,

Sevinching toshdi qirg‘oqdan.

Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

 

Sen ey, sen — o‘ynoqi dilbar,

Zafardan izla yoringni.

To‘lib qayna, toshib o‘yna,

Tirikman, kuyla boringni.

 

Itoat et!

Agar sendan

Vatan rozi emas bo‘lsa,

Yoril, chaqmoqqa aylan sen,

Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..

1933, Samarqand


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Yanvarda yuklangan

1971 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yurak soz til nay jo'r ko'z oy ishq ko'krak sevinch qirg'oq tarjima o'yin dilbar zafar iz yor tiriklik kuy itoat vatan rozilik chaqmoq o'lim
Muallif
Usmon Nosir

Usmon Nosir

(1912-1944) Qisqa umr ko'rgan bo'lishiga qaramay, o'zidan jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari qatoridan o'rin olishga arzigulik asarlar yozib qoldirgan mashhur o'zbek shoiri va dramaturgi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi.Shu bois uning bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi.

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Nosir She'rlari Usmon Nosir asarlari