Sahifa yuklanmoqda . . .


Yong'in

 

Talanmagan, yiqilmagan yer yo‘q,

Go‘daklar nayza boshida...

(Xabar)

Nega menim qulog‘imda tun va kun

Boyqushlarning shumli tovshi baqirar?

Nega menim borlig‘imga har o‘yun

Va har kulgi og‘u separ, o‘t qo‘yar?

 

 

Ko‘nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar,

Boyqushlarga buzuq ko‘ksin ochganmi?

Ota-ona, tanish-bilish, o‘rtoqlar

Yurtni tashlab, tog‘ va toshga qochganmi?

 

Shunday katta bir o‘lkada yonmagan,

Yiqilmagan, talanmagan uy yo‘qmi?

Bir ko‘z yo‘qmi qonli yoshi tommagan,

Butun ko‘ngil umidsizmi, siniqmi?

 

Podalarning yaylovida bo‘rilar

Qonga to‘ygach, uvlaylarmi ko‘plashib,

Yiqiqlardan o‘liklarni to‘plashib,

O‘tmi qo‘yar alvastilar, parilar?

 

Tabiatning butun yomon tomoni

Shu o‘lkaga faqat jilva qildimi?

Mo‘minlarning oq vijdoni, imoni

Sham so‘nganday tinsizgina so‘ndimi?

 

Qilichlarning tillarida qizil qon,

Buloqlarning suvi yanglig‘ toshdimi?

Yalang bola, yalang go‘dak —ma’sum jon

Nayzalarning boshlaridan oshdimi?

 

Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?

«Madaniyat» istagiga qondimi?

1921


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Yanvarda yuklangan

407 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yong'in yer go'dak nayza bosh xabar quloq tun kun boyqush shum tovush borliq o'yin kulgi og'u o't ko'ngil uy qishloq ko'ksi ota-ona tanish-bilish o'rtoq yurt tog' tosh o'lka ko'z qon yosh umid poda yaylov bo'ri o'lik madaniyat
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulhamid Cho'lpon She'rlari Abdulhamid Cho'lpon asarlari