Sahifa yuklanmoqda . . .


Tong otdi. Ko’chaning bag’rida...

Tong otdi. Ko’chaning bag’rida
Odamlar yuradi o’zicha.
Hayotni mo’ltirab kuzatar
Daraxtda o’tirgan musicha.

Kim daydi yellardek kezinar,
Kim ko’zdan ma’nolar o’qiydi.
Musicha daraxtda o’tirib,
Ming turli falsafa to’qiydi.

Bir yerda aqchasiz gadolar,
Bir yerda yuraksiz boylarmi?
Musicha ko’zlarin yumgancha,
Hayotning ma’nisin o’ylarmi?

Yaxshiyam, insonda imkon kam,
Yaxshiyam, umrimiz ming yilmas.
Qarg’aga berilgan mukofot
Yaxshiyam, insonga berilmas.

Musicha, orom ol ozgina,
Sen ko’rgan hayotda ko’p yolg’on.
Aslida, har bitta yurakda
Bekinib yashaydi bir Inson.

Tong otdi. Ko’chaning bag’rida
Odamlar yuradi o’zicha.
Hayotni mo’ltirab kuzatar
Daraxtda o’tirgan musicha.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

47 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tong ko'cha bag'ir odam hayot daraxt musicha yel ko'z ma'no falsafa aqcha gado yurak boy ma'ni inson imkon umr yil qarg'a mukofot orom yolg'on
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari