Sahifa yuklanmoqda . . .


Sog'inib

Shu kunlarda bahorga zorman, 
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. 
Kuz singari za’far ruxsorman, 
Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman, 
Tanxastalik ezadi ruhim. 
Tanho emas, qatorda borman, 
Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman, 
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul. 
Yaxshiyamki, qalamga yorman, 
So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman, 
O’z bahorim kabi bemisol. 
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, 
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 27-Fevralda yuklangan

4833 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bahor sog'inch kun navjuvon o't tan kuz za'far ruxsor meva shox xasta ruh qator tanho suq shaffof yorqin kuy ko'ngul so'z dil misol qor qo'l nihol
Muallif
Zulfiya

Zulfiya

Yigirmanchi asr o’zbek adabiyotining barkamol ijod sohibasi. She’riyatida inson ruhiyatining shodon, mahzun xilma-xil kechinmalari, davr to’fonlari va yashash mohiyatiga doir ulug’vor falsafiy qarashlar mujassam. She’r-u dostonlari umumbashariy g’oyalari bilan, ularning jozibali hamda san’atkorona ifodasi bilan o’zbek va dunyodagi boshqa ko‘plab xalqlar she’riyat muxlislarining qalbidan mustahkam joy olgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Zulfiya She'rlari Zulfiya asarlari