Sahifa yuklanmoqda . . .


Sen baxtlisan mendan yiroqda...

Sen baxtlisan mendan yiroqda —
Yelkangdagi farishta aytdi.
Sen ketgan so’ng mening ko’nglimga
Momo Havvo hasrati qaytdi.

Ko’zlaringda yonib turar nur,
Faqat oppoq o’ylar surasan.
Tushlaringda atirgul taqqan
Hijronlarning aksin ko’rasan.

Qo’l siltaysan:"Menga baribir,
Men hech kimga ichmovdim qasam".
Lek Mehrning og’riydi ko’ngli
Sen haqingda yonib o’ylasam.

Bulutlarga yetgan bo’yingcha
Yuragimda tiklandi tog’lar.
Bilmam, qachon yuvilar endi
Hijron bizga yetkazgan dog’lar.

Men bilaman:
Tole’ ichida
Yurib borar dadil qadaming.
Lek bir kuni meni so’roqlar
Ichingdagi yolg’iz Odaming.

Topolsang bas biror bahona
Va pushaymon aksi tushgan yuz.
Qo’rqayapman ungacha seni
Yeb qo’ymasa kechikkan afsus.

Sen baxtlisan-mendan yiroqda…


Online dars - zoom, google meet orqali


Islomjon
22/04/2017
Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

24 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
baxt yiroq yelka farishta ko'ngil momo havo hasrat ko'z nur oppoq o'y tush atirgul hijron aks qo'l qasam mehr bulut bo'y yurak tog' dog' tole' qadam kun so'roq ich odam bahona pushaymon yuz afsus
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari