Sahifa yuklanmoqda . . .


Orazin yopqoch ko‘zumdin...

Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,

O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.

 

Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,

G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh.

 

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,

Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.

 

Bo‘saye qilmas muruvvat, asr-u qattiqdur labing,

Desam, og‘zi ichra aytur, la’l ham bor navi tosh.

 

Novaking ko‘nglumga kirgach jon talashmoq bu ekin,

Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.

 

Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston xizridur—

Sarvkim, da’b ayladi ozadalig‘ birla maosh.

 

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,

Gar budur mehrob, bir-bir qo‘yg‘usidur barcha bosh.


Ushbu voqeaband g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
03-Yanvarda yuklangan

303 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oraz ko'z yosh yulduz quyosh qut bodom yer go'sha mehrob g'orat din balo qosh oh ifsho oy subh dam mehr bo'sa muruvvat lab og'iz la'l novak ko'ngul jon paykon talosh umr jovid fard bo'ston hizr sarv ozoda maosh navoiy ayb bosh
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Alisher Navoiy Voqeaband g'azallari Alisher Navoiy asarlari