Sahifa yuklanmoqda . . .


Onaizor

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

1913 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ona ko'ngil bulbul gul kun til zot yig'i dil jahon osmon ruh jon tan parvona qo'l tor dunyo do'st yor yer ko'k zor kulgi o'g'il o'lim
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari