Sahifa yuklanmoqda . . .


Menga “maqtov”lardan toshlar otgan do’st...

Menga “maqtov”lardan toshlar otgan do’st,
Quvonsam, ko’ziga parda tortgan do’st,
Barcha gunohini menga ortgan do’st,
Shu kichik yelkamga olam sig’adi.

Kulgusi jonimga tumor taqqan yor,
Xayoli yodimga nurday oqqan yor,
Mendan boshqa hamma qizlar yoqqan yor,
Hijron armonlardan ertak yig’adi.

Bobo, bu dunyoda yaxshi kam ekan,
Yaxshining ko’rgani mudom g’am ekan,
Eng yorug’ najotlar O’zda jam ekan,
Bu sovuq kunlardan ko’nglim sinadi.

Dunyo, nag’malaring tinch qo’ymas bir zum,
Hali yechilmadi ming yillik tugun,
Bir bora odamday yashay o’zim- chun,
Ayt, qachon bu mahzun yomg’ir tinadi?

Ayt, qachon yuragim senga ko’nadi?..


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

63 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
maqtov tosh do'st quvonch ko'z parda gunoh yelka olam kulgu jon tumor yor xayol yod nur qiz hijron armon ertak bobo dunyo g'am najot kun ko'ngil nag'ma zum tugun yil odam yomg'ir yurak
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari