Sahifa yuklanmoqda . . .


"Mendin o'rgandi" radifli g'azal

Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi,

Talotum birla to'fon aylamakni mendin o'rgandi.

 

G'am-u dard-u muhabbat gulshanida gul birla g'uncha,

Yaqo chok-u, ko'ngul qon aylamakni mendin o'rgandi.

 

Hamisha mahfili gulshan aro oyini ul g'uncha,

Xayolin xobda pinhon aylamakni mendin o'rgandi.

 

Nechakim sham'i mahfil hosili so'z-u gudoz aylar,

Sirishki oh somon aylamakni mendin o'rgandi.

 

Chamanda yig'ladim ko'p ul guli oraz firoqida,

Ko'zini abri giryon aylamakni mendin o'rgandi.

 

Ukush oshufta erdim zulfidin, bodi sabo har dam,

Gul avroqin parishon aylamakni mendin o'rgandi.

 

Chu to'ktum ashki otashbor ul mahvash xayolidin,

Kecha anjum charog'on aylamakni mendin o'rgandi.

 

Muallimmen bukun savdo dabistonida, ey Majnun,

Sahar choki giribon aylamakni mendin o'rgandi.

 

Amir, ul oy g'amidin ayladim dardim ilojini,

Hakimi ishq darmon aylamakni mendin o'rgandi.


Ushbu musalsal g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
08-Yanvarda yuklangan

135 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
junun daryo tug'yon to'fon g'am dard muhabbat gulshan gul g'uncha ko'ngul qon xayol pinhon sham so'z oh chaman oraz firoq oshufta zulf bod sabo parishon ashk mahvash kecha anjum muallim savdo majnun sahar amir oy iloj hakim ishq darmon
Muallif
Umarxon Amiriy

Umarxon Amiriy

(1787-1822) O’zbek adabiyoti tarixida «Qo’qon adabiy muhiti» deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo’qon xoni (1810-1822), iqtidorli shoir va e’tiborli siyosiy arbob Umarxon Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettiradi, xususan, Navoiy va Lutfiy ijodiga katta hurmat bilan qaraydi. Amiriy o‘sha davr an’anasiga muvofiq o‘zbek va fors-tojik tillarida she’rlar yozgan.

Batafsil


Yangi Musalsal g'azallar Umarxon Amiriy Musalsal g'azallari Umarxon Amiriy asarlari