Sahifa yuklanmoqda . . .


Gul bir yon, chaman bir yon

Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, .

Sarv-u sanobarmidir - soch bir yon, suman bir yon,

Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon,

Tun pardasin tortsa gar, oy bir yon, osmon bir yon.

 

O‘sgan bog‘iga olqov, o‘stirgan bog‘boniga,

Xavf-u xatardan saqlab kelgan soyaboniga,

Andalib qo‘nar, zog‘lar qo‘nolmas bo‘stoniga,

Maqtoviga men bir yon, borliq suxandon bir yon.

 

Hakim zoti bor yerda dard bir yon, darmon bir yon,

Yoring jafokash bo‘lsa, uy bir yon, zindon bir yon,

Ikki jon bir bo‘lmasa, sham bir yon, shamdon bir yon,

Ayri bo‘lsa yo‘llari, tug‘ bir yon, qalqon bir yon.

 

Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,

Bo‘y qizlarning ichinda bir shu egma qosh tanho.

Uningdek hech kim menga bo‘lmasa sirdosh tanho,

Go‘ro‘g‘li sulton bir yon, To‘ra Sulaymon bir yon.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Yanvarda yuklangan

1836 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
chaman gul sarv soch sahar subh mushk mujgon tun parda oy osmon bog' bog'bon xavf xatar soyabon andalib zog' bo'ston maqtov borliq suxandon hakim dard darmon yor jafo uy zindon jon yo'l quyosh qosh
Muallif
To'ra Sulaymon

To'ra Sulaymon

(1934-2005) O‘zbekiston xalq shoiri, o‘z ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga qadim xalqona ohanglarni qaytarishga uringan iste’dodli adib To‘ra Sulaymonning qator she’rlari o‘zbek xonandalari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, millionlab odamlarning ko‘ngliga kirib bordi. Bu qo‘shiqlardagi o‘zbekona ohanglar tinglovchini o‘ziga rom etadi, qayta-qayta eshitishga chorlaydi.

Batafsil


Yangi She'rlar To'ra Sulaymon She'rlari To'ra Sulaymon asarlari