Sahifa yuklanmoqda . . .

To'ra Sulaymon Hayoti va Ijodi

To'ra Sulaymon

shoir
yozuvchi

15 Feb 1934, Baxmal tumani da tavallud topgan

3072 marta ko'rildi


To'ra Sulaymon asarlari:

Barcha asarlari

She'rlari

Falsafiy hikoyalari

To‘ra Sulaymon (1934.15.2, Baxmal tumani — 2005) — O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1964).«Guliston», «Sirdaryo haqiqati» gazetalarida xodim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1972—77), adabiy maslahatchi (1977—81) bo‘lib ishlagan.Ijodi 50-yillardan boshlangan. Ilk she’rlar to‘plami — «Istar ko‘ngil» (1962). «Qorasoch» (1965) dostoni taniqli ijodkorlar, tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. «Men qayga borar bo‘lsam» (1965), «Jahongashta» (1970), «Hamqishloqlarim» (1973), «Intizor» (1973), «Sirdaryo qo‘shiqlari» (1974), «Iltijo» (1976), «Alhazar» (1976), «To‘yboshi» (1977), «Sizni eslayman» (1980), «Qorako‘zginam» (1981), «Gulshan» (1988), «Sarvinoz» (1990), «Xarsang» (1994), «Jahonnoma» (1996), «Gul bir yon, chaman bir yon» (1996), «Yovqochdi» (1998), «Sayhon» (2003), «Mamlakatning tayanch nuqtasi» (2004) kitoblari nashr etilgan. Ko‘plab she’rlari qo‘shiq qilingan.To‘ra Sulaymon xilma-xil janrlarda qalam tebratadi. Shoirning sof lirik she’rlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yo‘lida bitilgan, o‘z davrining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan, voqelikni qadimgi baxshilar nazari bilan ko‘rib, o‘xshatma yoki nazira shaklida yozilgan asarlari ham o‘ziga xos xalqchilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, «Ergash Jumanbulbul el kezadi» turkumidagi baxshiyona she’r va dostonlari o‘zbekning milliy g‘ururini tiklashga munosib hissa qo‘shgan asarlar sirasiga kiradi.To‘ra Sulaymon asarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bilangina emas, tasvirdagi samimiyat, o‘xshatishlarning o‘ziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil. Uning ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan publitsistik maqolalari ham bor («Mamlakatning tayanch nuqtasi», maqolalar to‘plami, 2004).

Tafakkur Tafakkur asarlari

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: