Sahifa yuklanmoqda . . .


Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim...

Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim,

Darmon yo’qidin necha og’iz so’z qota qoldim.

 

Ko’rdumki ani dushmani ruh-u tan ekandur,

Lo o’qi bila ikki ko’ziga ota qoldim.

 

Mayxonag‘a kirdim, bila qoldim kuyarimni,

Masjidg‘a kirib, zohidi yaxdek qota qoldim.

 

Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,

Ming taqvini bir kosayi mayg‘a sota qoldim...

 

Vahdat mayini piri mug‘on ilgidin ichtim,

Mansur kibi dorg‘a boshimni osa qoldim.

 

Bu telbaligim shuhrati olamg‘a to‘lubdur,

Bir jilvasig‘a ikki jahondin o‘ta qoldim.

 

Ayb aylamangiz Mashrabi bexudni, yoronlar,

Naylayki, bu g‘urbat ko‘chasidin o‘ta qoldim.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

885 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo loy darmon og'iz so'z dushman ruh tan lo o'q ko'z mayxona masjid zohid yax shisha may namoz taqvi kosa vahdat pir mug'on qo'l ilig mansur dor bosh telba shuhrat olam jilva jahon ayb mashrab bexud yoron g'urbat ko'cha
Muallif
Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrab

(1653-1711) Boborahim Mullavali o‘g‘li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‘zidan keyin alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‘ ijodkorlarimizdan biridir. Uning lirik merosi bilan birga «Mabdayi nur» va «Kimyo»asarlari ham yetib kelgan. Mashrab lirikasining mavzu qamrovi juda keng. Unda olam va odamga aloqador bo‘lgan barcha mavzular qamrab olingan deyish mumkin. Ammo ularning barchasi go‘yoki ishq-muhabbat mavzusi atrofiga birlashgandek tuyuladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Boborahim Mashrab Yakpora g'azallari Boborahim Mashrab asarlari