Sahifa yuklanmoqda . . .


Bog'lar qiyg'os gulda

Bog‘lar qiyg‘os gulda - yaxlit bir chaman,

Har daraxt anvoyi bir tarovatda.

Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,

O‘zga ko‘rk,

o‘zga rang har bir daraxtda.

Har navda bir gulda,

har gulda bir ro‘y,

Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.

Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,

Biri biri uchun qudrat, himoya.

Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,

Bilmam, qayda tole' serzavq, serjilo?

Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,

Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo.

Bir qardosh tinchisiz - o‘zga beorom

Birining nonisiz - o‘zga emas to‘q...

Bu - qadim dunyoda yangi bir olam,

Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.

Tayanch bo‘lmasaydi odamzot albat,

O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 28-Fevralda yuklangan

2300 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bog' gul chaman kaft mehnat hosil vatan ko'rk rang daraxt navda ro'y barg dunyo hikoya qudrat himoya ko'z burch tole' zavq jilo daxl yurt qarich dil jon tomir qardosh tinchlik orom non qadim olam tog' tayanch odam baxt
Muallif
Zulfiya

Zulfiya

Yigirmanchi asr o’zbek adabiyotining barkamol ijod sohibasi. She’riyatida inson ruhiyatining shodon, mahzun xilma-xil kechinmalari, davr to’fonlari va yashash mohiyatiga doir ulug’vor falsafiy qarashlar mujassam. She’r-u dostonlari umumbashariy g’oyalari bilan, ularning jozibali hamda san’atkorona ifodasi bilan o’zbek va dunyodagi boshqa ko‘plab xalqlar she’riyat muxlislarining qalbidan mustahkam joy olgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Zulfiya She'rlari Zulfiya asarlari