Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir qamar siymoni ko‘rdim...

Bir qamar siymoni ko‘rdim baldayi Kashmirda,

Ko‘zlari masxur-u yuz jodu erur tasxirda.

 

Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,

Subh kelgach, kecha yotib chashmayi iksirda.

 

Bir ko‘rib chohi zaqan Xorut ila Morut ikov,

Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.

 

Lam’ayi qiyg’och ko‘zidin aning barqi nigoh,

Tezlik javharlari gar bo’sa har shamshirda.

 

Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur,

«Surayi Nun» o’qudim payvasta har tafsirda.

 

Forig’ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin,

Zulfiga dilbastalig’ har bir juvon-u pirda.

 

Aydim: «Ey, jon ofati, zulfingga bo‘lmisham asir!»

Aydi: «Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!».

 

«Nuqta lab ustida bejodur», dedim, aydi kulib:

«Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda».

 

Aydi: «Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?»

Man dedim: «G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!».


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

1617 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qamar siymo balda kashmir ko'z jodu bosh oftob subh kecha xorut morut choh bobil tadbir javhar shamshir qosh xol asror sura nun tafsir forig' dilrabo ishq zulf jon ofat asir savdo zanjir nuqta lab sahv kotib qudrat tark vatan g'urbat furqat taqdir
Muallif
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

(1859-1909) Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘zining lirik she’riyati bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan, ma’rifatchilik adabiyotining darg‘alaridan biri bo‘lgan hamda o‘zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo‘ygan zabardast ijodkordir. Uning she'riyati lirik kechinmalarning nozik tasvirlarga boyligi, hissiyotlarning o‘tkirligi, ifodalarning yangi va samimiyligi bilan ajralib turadi.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat Voqeaband g'azallari Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat asarlari