Sahifa yuklanmoqda . . .


Yoshlik zangor fasl...

Yoshlik zangor fasl, kechdi, sarg’ardi,
To’kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik zangor fasl. Kechdi. Sarg’ardi.

Harna o’tdi, mendan o’tdi, omon bo’l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo’lmas.
Har qalay oldinda bordir so’nggi yo’l,
Toki yetguningcha xotirot o’lmas,
Harna o’tdi, mendan o’tdi, omon bo’l.

Vido tabassumli olam, yoshligim,
Ko’zlarimda qotgan jolam, yoshligim,
Ko’klarga yetmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho’kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

1977


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Martda yuklangan

120 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yoshlik zangor fasl shafqat barg sovuq shamol xazon poy faryod yo'l xotirot vido tabassum olam ko'z jola ko'k nola suv bola
Muallif
Rauf Parfi O'zturk

Rauf Parfi O'zturk

O'zbek milliy modern she'riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakili. Birinchi she’ri 1957-yilda e’lon qilingan. „Karvon yo’li“ (1968), „Aks-sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko’zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1991), „Tavba“ (2001) she’riy to’plamlari nashr etilgan. Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi she’rlari bilan tanilgan. Shoir so’zning rang va ohanglaridan, she’riy tasvir vositalaridan o’ziga xos uslubda foydalanadi. She’rlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa jahon she’riyati klassiklarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Rauf Parfi O'zturk She'rlari Rauf Parfi O'zturk asarlari