Sahifa yuklanmoqda . . .


To'rg'ay

Yoz boshi, dalalar soz,

O‘z ko‘rkini yoymish yoz,

Chechaklarda hali noz,

Ko‘llar to‘la suqsur, g‘oz,

Oq bulutlar cho‘g‘lanib,

Tong otar yallig‘lanib,

Ko‘l osmoni bug‘lanib,

Ko‘rinar go‘yo sayoz.

Shu vaqt allaqaylardan,

Qaydam, qanday joylardan

Dashtdanmi yo soylardan

Yangrab ketar sho‘x ovoz,.

Tut bargi kesganlardan,

Suvga chim bosganlardan

Un chiqmas, tinglashar jim.

Kim u o‘zi, qani kim?

Qushlar ham qilmas parvoz.

Jonvorlar ham tinglardi.

Bog‘bon ham, paxtakor ham,

Sholikor, chorvador ham,

Butun odam tinglardi,

Go‘yo olam tinglardi,

Qandoq tinmagur ovoz!..

Men chopib cho‘lga chiqdim,

Hech kim ko‘rinmas edi.

Kattakon yo‘lga chiqdim,

Hech kim ko‘rinmas edi.

Keyin boqdim osmonga:

Kuy taratib jahonga,

Ko‘k osmon cho‘qqisida,

Moviy rang ko‘zgusida,

Bir nuqtada pirillab,

Bir nuqtada chirillab,

Nuqtaday bir qush uchar,

Go‘yoki behush uchar...

—Hoy, — dedim, — o‘zing kimsan,

Bunchalar betinimsan,

Javroqisan bunchalar,

O‘ynoqisan bunchalar,

Tinmay tushib o‘yinga,

Lol etasan kuyingga?

Men-ku, men to‘rg‘ay, - dedi.

-Ko‘k yuzi soz joy, - dedi,

-Dema, chala ko‘rinar,

Butun dala ko‘rinar.

Ko‘k yuzida chirillab,

Yuz bir qo‘shiq to‘qisam,

Bir nuqtada pirillab,

Keng vodiyga o‘qisam —

Yomonmi, hoy, sho‘x o‘g‘lon?

Hayotni maqtaganim,

Tongni ardoqlaganim —

Yomonmi, hoy, sho‘x o‘g‘lon?

—Ha, tongni ardoqlagin,

Hayotni ham maqtagin,

Uchib-o‘ynayver, - dedim,

-Kuylab quvnayver, — dedim.

Hech o‘xshashi yo‘q ovoz.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Fevralda yuklangan

482 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
to'rg'ay yoz bosh dala ko'rk chechak noz ko'l suqsur g'oz bulut tong osmon bug' joy dasht soy ovoz tut barg suv chim un qush parvoz bog'bon paxtakor sholi chorva odam olam cho'l yo'l kuy
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari