Sahifa yuklanmoqda . . .


Otim qolar demagin...

Otim qolar demagin
Bu dunyoda, shoirim.
Nomard to‘fonlar tursa,
Otingdan gard qolmagay.

Zotim qolar demagin
Bu dunyoda, shoirim,
Qismat teskari bursa,
Zotingda mard qolmagay.

Bu dunyoning dardini
Terib ketgin, shoirim.
Joningga achinmagin —
Ketmaydimi chiriblar!

Bu dunyoga bir qo‘shiq,
Berib ketgin, shoirim,—
Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar.


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Ajoyib she'r. Men avval ham o`qiganman.
Ma'lumot
2017, 15-Aprelda yuklangan

154 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ot dunyo shoir mard nomard to'fon gard zot qismat dard jon qo'shiq marhum uyqu tirik
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari