Sahifa yuklanmoqda . . .


Ota duosi

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Oʻgʻlim, soʻramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, koʻzlarimga boʻlmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sogʻ-u salomat.
 

Mayli, koʻtarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham boʻlmagil yogʻsa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sogʻ-u salomat.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 09-Martda yuklangan

359 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Abdulla Oripov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
ota duo o'g'il mol dunyo uy alomat ko'z ziyo yon sog' salomat yelka ko'tarish qalqon malomat yostiq bosh tepa
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari