Sahifa yuklanmoqda . . .


Malak

Nechun oʻgʻirlading oʻy-u fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuygʻularim qoldi sargardon.
 

Seni koʻrgandayman tushimda faqat,
Uchib oʻtgandaysan misoli yulduz.
Samoviy moʻ’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yoʻq bir malak, qoshlari qunduz.
 

Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qoʻlingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab oʻtarmanmi qaytar yoʻlingni...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 09-Martda yuklangan

250 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
malak o'g'ri o'y fikr xayol sarson yer bilim tuyg'u sargardon ko'z tush misol yulduz samo mo'jiza iloh tal'at teng qosh qunduz nasib kun visol qo'l munajjim yo'l
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari