Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila...

Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila,

Kelmagayman javridin, haqqo, tila.

G’amzasi o’ltirdi-yu, ul bexabar,

Men agar o’lsam, ne g’am ul qotila.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

175 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'z yosh tuproq qotil javr haq tilak g'amza g'am
Muallif
Lutfiy

Lutfiy

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Batafsil


Yangi Tuyuqlar Lutfiy Tuyuqlari Lutfiy asarlari