Sahifa yuklanmoqda . . .


"Kim desun" radifli g'azal

Ul tag’ofulpeshag’a holi xarobim kim desun?
Hajrida mundog’ meni ko’rgan azobim, kim desun?

Kunduzi bir yerda bir dam olmay oromu qaror,
Lahzae yo’q kechalar ko’zlarda xobim, kim desun?

O’z ko’mochig’a, masalkim, tortadur kul har kishi,
Bas, kuyub ishqida chekkan iztirobim, kim desun?

Kuymagan bo’lsa birov mehru muhabbat o’tig’a,
Sham’dek to subh o’rtab tabu tobim, kim desun?

Hamnishindurlar ulug’larga xushomadgo’ylar,
Yo’lida jononimi xayru savobim kim desun?

Gar qilich boshimg’a ham kelsa, degayman rostin,
So’zki haq bo’lsa, savolimg’a javobim, kim desun?

Do’stlar, so’rsang g’izosidin Muqimiy, erta-kech,
Qon sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

1839 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hol xarob hajr azob kunduz yer dam orom qaror lahza kecha ko'z masal kishi ishq iztirob mehr muhabbat o't sham subh xushomad yo'l jonon xayr savob do'st muqimiy qon sharob jigar kabob
Muallif
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

(1850-1903) O‘zbek adabiyotining mashhur vakillaridan bo‘lgan Muqimiy o‘z ijodi bilan Chiqish adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ayni paytda, axborotlar oqimining kuchayishi hamda ijtimoiy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishiga munosib hissa qo‘shdi. Muqimiy o‘z ijodiy maktabiga ega shoirdir.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Aminxo'ja Muqimiy Yakpora g'azallari Muhammad Aminxo'ja Muqimiy asarlari