Sahifa yuklanmoqda . . .
«Maktab gulistoni» milliy she’rlari beshinchi juzidan
Tug’ulub o’sdim bu Vatanda,
Vatanim misli yo’q jahonda!
Tufrog’lari o’sumlikdur,
Manzarasi ko’rumlikdur.
Bir tarafda tog’lari bor,
Mevasi mo’l bog’lari bor.
Tog’laridan konlar chiqar,
Yerlaridan donlar chiqar.
Suvlaridur tamlu-totli,
Mevasi qandu nobotli.
Bog’laridur shirin-sharbat,
Anjir, uzum, anor, nashvat.
Daraxtlari o’sar firosh,
Falak uzra ko’tarub bosh.
Havosi o’ta yoqimlik,
Cho’llari bor toshlik, qumlik.
Toshkand emas, toshqand erur,
Kesaklari gulqand erur.
Ishlaganga xazinadir,
Dangasaga harinadur.
Kecha-kunduz faryod etub,
Ishlovchini yotur kutub.
O’tar kunlar, o’tar zamon,
Ey, Vatanim, bo’lma hijron!
Men ketsam-da, sen bo’l omon!
Omon Vatan, Vatan omon!
(1878-1934) O’zbek dramaturgiyasi va teatrining, yangicha maorifi va matbuotining asoschilaridan. «Hijron» taxallusi bilan she’rlar bitgan, bir qator yangicha darsliklar yozgan. Noshir, tarjimon, elchi, muallim. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak ma’rifat va ezgu amallarga chorlovchi g’oyalar bilan yo’g’rilgan.