Sahifa yuklanmoqda . . .


Dardiga darmon istamas

(«Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi»ning ikkinchi — «Oq gul» bo‘limidan)

Do‘st Mavlon-ey kuyida

(namuna)

Men bu yonga kelmas erdim,

Yora kelturding maniyo!

O‘tga solsa kuymas erdim,

Yora kuydirding maniyo!

Do‘st Mavlon-ey, ko‘nglim olloh sandadur.

 

*     * *

Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,

Zulmat ichra kechsa umri mohi tobon istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

Ko‘nglidur oshuftai lahv-u tarab, nafs-u havo,

Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

Qo‘lida domi tama’, ko‘zidadur kayf-u xumor,

Soch oqorub qaddi xam bo‘lsa pushaymon istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

Ilmsizlikdan hama kelgon baloni anglayur,

Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

Keldi davri, dushdi osmondan Masihoyi ilm,

Bu nechuk badmurdalik, jismiga bir jon istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

O‘zga millat uchsalar hikmat topub suyi samo,

Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

O‘zgalar etmakda har kun bing sanoi’ ixtiro,

Biz aholi topmoqa beranj bir non istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.

 

Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u javon,

Domi g‘aflatdin xalos o‘lmoqqa imkon istamas,

Ey Nihon, bing hayf et insoniyat, islomiyat,

Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas,

Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

842 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dard darmon istak turkiston el zulmat umr moh o'zbek uyqu asr taraqqiy vaqt ko'ngil nafs havo xanjar bag'ir luqmon qo'l ko'z kayf soch qad ilm balo ittifoq g'ayrat davr osmon masih hikmat samo yer jaholat qiz
Muallif
Hamza Hakimzoda Niyoziy

Hamza Hakimzoda Niyoziy

(1889-1929) O’tgan asr boshida o’z she’riyati, dramatik va nasriy asarlari bilan o’zbek so’z san’atining yangicha taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Hamza ayni choqda o’zbek maorifi hamda teatr madaniyati tarixining ham yorqin siymosidir. Nihoniy taxallusida bitgan devoni, «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» to’plamlari, darsliklari, sahna asarlari va faoliyatiga xos barcha samaralar yuksak g’oyaviy-ma’rifiy ahamiyatga ega.

Batafsil


Yangi She'rlar Hamza Hakimzoda Niyoziy She'rlari Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlari