Sahifa yuklanmoqda . . .


Yo'lchi

Yo‘lchiman, manzilim dengizdan nari,

Lojuvard ufqning tubiga yaqin.

Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin,

Chayqalar ko‘zlarim tikilgan sari.

O, yo‘llar!

Chu, qora toychog‘im! Chu, qora yo‘rg‘am!

Murodga qasd qilib yugurgan yetur.

Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepur?

Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!

Chu, qora yo‘rg‘am!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Yanvarda yuklangan

239 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yo'l yo'lchi manzil dengiz lojuvard ufq tub ko'ngil dard daryo oqin ko'z to'lqin qora toychoq yo'rg'a murod qasd bo'ron sevgi dil tiriklik mehnat g'am
Muallif
Usmon Nosir

Usmon Nosir

(1912-1944) Qisqa umr ko'rgan bo'lishiga qaramay, o'zidan jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari qatoridan o'rin olishga arzigulik asarlar yozib qoldirgan mashhur o'zbek shoiri va dramaturgi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi.Shu bois uning bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi.

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Nosir She'rlari Usmon Nosir asarlari