Sahifa yuklanmoqda . . .


Xavotir

Qo`rqaman, ertaga men o`lib ketsam,
Yotar bo`lsam qumga botib ko`zlarim,
Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am –
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…

Eng yaqin do`stlarim g`iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o`zlari bilar,
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…

Shoir o`lsa kim ham kuyinar deysiz,
Madhiyaboz hozir suvarakday ko`p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to`kilar to`p-to`p…

Tildan qolsam ko`zda qotib yoshlarim,
Ko`nglimdan boshqa bor axir, ne zarim?
Yerlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…

Ular yosh. O`limdan qo`rqaman yomon,
Chunki, dardiga hech quloq solmadim.
Qabrimning ustida yig`lasin debon,
Qizlarim ko`zyoshin asray olmadim!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

318 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xavotir o'lim qum ko'z ko'ngil ko'chki g'am yig'i qiz do'st g'iybat dushman kulgi shoir kuyunish madhiya qish tarnov muz barmoq yer to'p til yosh zar bosh qo'rquv dard quloq qabr ko'zyosh ust
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari