Sahifa yuklanmoqda . . .


Umr — qumsoat

Umr — qumsoat ham 
yarimlab qoldi,
ko`nglim to`lgani yo`q bilganlarimdan.
Yodimni og`ritar kechirganlarim,
ko`pdir qilmaganim qilganlarimdan.
Kechalar tobora oydinlashadi,
ko`zingda quyoshning chechagi so`lmas,
yashaging keladi,
faqat umrni
qumsoat singari to`nkarib bo`lmas.
Go`zallar yodimdan o`chdilar bir-bir,
do`stlarim bag`rimdan ko`chdilar bir-bir,
yillarim uzilib tushdilar bir-bir,
faqat bu ko`ngilni
to`ldirib bo`lmas.
Kun keldi,
ohlaring uchadigan kun,
yuraging olamga sig`maydigan kun,
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Kimni baxtli qildim,
kimni umidvor,
kimlarga ko`nglimni yorib so`yladim.
Qo`limni berdimmi moziy qa'ridan
cho`zilgan sanoqsiz ojiz qo`llarga?!
Quyosh daldasida egilganlarning
yengilroq qildimmi og`irligini?
Aytdimmi kimlarning asl do`stligin,
kimlarning haqiqiy yog`iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o`zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to`lmagan
bir ko`ngil qoladi
qolsa ham mendan.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

410 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
umr qumsoat ko'ngil bilim yod kecha ko'z quyosh chechak do'st bag'ir yil kun oh yurak yuz yer yig'i baxt umid qo'l moziy son dalda og'irlik yog'iy haq gunoh nur dunyo tomon yosh hayot sarhisob
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari