Sahifa yuklanmoqda . . .


"Topmadim" radifli g'azal

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,

Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

 

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,

Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

 

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

 

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,

Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

 

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,

Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

 

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,

Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

19202 marta ko'rildi

10 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jon yor vafo ko'ngul mahram asror topmoq dilafgor giriftor usruk ko'z mubtalo hargiz telba hushyor nochor furqat xo'y vasl sazovor eshik navbat bobur jahon
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari