Sahifa yuklanmoqda . . .


Tavallo

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadil-u ulug`vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

417 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tavallo yo'rgak oq beshik ona kun fido o'zbekiston qalqon jon alpomish ruh yor o'g'lon giyoh gul yov qo'rg'on tuz ko'z dunyo dam yurt kaft qum dasht xas dil ulug'vorlik sevgi cho'l jannat tuproq makka
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari