Sahifa yuklanmoqda . . .


Tashqarida yomg‘ir yog‘ar...

Tashqarida yomg‘ir yog‘ar,
Ko‘z yoshdan ham og‘ir yog‘ar.
Bu yuraksiz dunyo uzra
Yurak yog‘ar, bag‘ir yog‘ar.

Ayriliqqa ko‘nim yo‘qdir,
Nahot, ishqqa o‘lim yo‘qdir.
Ko‘z yoshingni artmoqlikka
Qo‘lim yo‘qdir,
Ko‘nglim yo‘qdir...


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Ma'lumot
2017, 15-Aprelda yuklangan

139 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tashqari yomg'ir ko'z yosh yig'i yurak dunyo bag'ir ayriliq ko'nim ishq o'lim qo'l ko'ngil
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari