Sahifa yuklanmoqda . . .


Tabibo, sharbati o’ynob icharga bermagin pandim...

Tabibo, sharbati o’ynob icharga bermagin pandim,

Labidin talx-u shirin so‘z erur dori-yi gulqandim.

 

Agar ishqingni tarkin qilmasam javr etma, ey zolim,

Yuzingni mus'hafidin erdi bu so‘zda savgandim.

 

Kel, ey mashshota, rahm et, yor zulfig‘a tarog’ urma,

Erur jon rishtasidin oni har torig‘a payvandim.

 

Labidin kom topdim, ey Masiho, urmag’il damkim,

Mani bir so‘z ila tirguzdi ul la’li shakarxandim.

 

Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin

Xatingni ramzidin ogoh emas ta’bi xiradmandim.

 

Balodur zulfi purtobi, Amir, andin ko‘ngul uzma,

Ki har bir torig‘a bir payvand erur payvand-payvandim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

236 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tabib sharbat pand lab shirin dori gul ishq tark zolim yuz mus'haf so'z mashshota rahm zulf soch taroq yor jon rishta payvand tor kom masih dam la'l shakar filotun dars shogird xat ramz ogoh ta'b balo amir ko'ngul
Muallif
Umarxon Amiriy

Umarxon Amiriy

(1787-1822) O’zbek adabiyoti tarixida «Qo’qon adabiy muhiti» deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo’qon xoni (1810-1822), iqtidorli shoir va e’tiborli siyosiy arbob Umarxon Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettiradi, xususan, Navoiy va Lutfiy ijodiga katta hurmat bilan qaraydi. Amiriy o‘sha davr an’anasiga muvofiq o‘zbek va fors-tojik tillarida she’rlar yozgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Umarxon Amiriy Yakpora g'azallari Umarxon Amiriy asarlari