Sahifa yuklanmoqda . . .


Tabiat gullaydi, so'ladi...

Tabiat gullaydi, so'ladi,

Fasllar o'tadi - yangragan qo'shiq.

Bizlar esa uning bir bo'lagi - 

Minnati yo'q, manfaati yo'q.

 

Tog'lar dunyo qadar qadim ko'rinar,

Og'ir, sobir, kamtar, bag'ri to'q.

Kumush qorlar yog'ar, toshda gul unar,

Minnati yo'q, manfaati yo'q.

 

Yomg'irdan so'ng kamalak balqib,

Ostida daryoday mavjlanar ufq.

Ranglar, kenglik, yog'du - xushbo'y, salqin,

Minnati yo'q, manfaati yo'q.

 

Tabiatga faqat safar muqaddas,

Suzishga sozlangan kemadek

Yashar va sir so'rab sizni qiynamas

Hayotdan muddao nima deb...


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

123 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tabiat gul fasl qo'shiq bo'lak minnat manfaat tog' dunyo qadim kumush qor tosh yomg'ir kamalak ost daryo ufq ranglar kenglik yog'du safar kema sir hayot muddao
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari