Sahifa yuklanmoqda . . .


Sirdaryo o'lani

Osmono‘par Tiyonshonning qorisan,

Ko‘hna Jayxun yo‘ldoshisan, yorisan,

Ona vodiy hayotisan, borisan,

Quvonchisan, alamisan, zorisan,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.

 

Tuman asr kechmishidan daraksan,

Yurtim uchun ham tomir, ham yuraksan,

Nega bukun bemadorsan, halaksan?

Sen bizlarga axir mangu keraksan,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.

 

Sen borsanki, keng vohada hayot bor,

Demak, yurtning labida bol, nabot bor,

Senda elim sabotidek sabot bor,

Sobit bo‘lgin, Ona soydan najot bor,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.

 

Sen paxtasan, olma, anor va nursan,

O‘zbek uchun surursan ham g‘urursan,

O‘zni yerga tomchi-tomchi berursan,

Daryo emas, xalq timsoli erursan,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.

 

Men bolangman, nido bo‘lay sen uchun,

Bir jilg‘adek davo bo‘lay sen uchun,

Kerak bo‘lsa, fido bo‘lay sen uchun,

Mayliga, men ado bo‘lay sen uchun,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 22-Fevralda yuklangan

467 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sirdaryo o'lan osmon tiyonshon qor jayxun yo'ldosh yor vodiy hayot quvonch alam zor ona asr kechmish darak yurt tomir yurak halak voha lab bol nabot el sabot soy najot paxta olma anor nur o'zbek
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari