Sahifa yuklanmoqda . . .


Sevmading

Sevmading san, dilitoshim,

Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin.

Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim,

G‘amkash buloq sevmish mani.

 

Sevmading san, yetolmasdan

Sanga termuldim olisdan.

Haddan ziyoda yolg‘izman,

Netay, tuproq sevmish mani.

 

Sevmading san. Ay, yuragim!

Xazon tushgan may – yuragim.

Qandoq ovutay, yuragim,

Keksa yaproq sevmish mani.

 

Sevmading san, atirgulim,

Sevgi asli nadir, gulim?

U singan ignadir, gulim,

Singan chaqmoq sevmish mani.

 

Sevmading san!

Sevmading san!

Har odimda xatar bergan,

Har yutimda zahar bergan,

Suyganiga dardlar bergan,

Tangri ko‘proq sevmish mani...

 

1993


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Iyulda yuklangan

192 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
diltosh qo'rg'oshin ko'z buloq tuproq yolg'iz
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi She'rlar Iqbol Mirzo She'rlari Iqbol Mirzo asarlari