Sahifa yuklanmoqda . . .


Qoshingg‘a teguzmag‘il qalamni...

Qoshingg‘a teguzmag‘il qalamni,

Bu xat bila buzmag‘il raqamni.

 

Butxonalar ichra hech tarso,

Bir ko‘rmadi sen kabi sanamni.

 

Oshiqlaringga tarahhum etgil,

Ko‘p aylama jabr ila sitamni.

 

Ko‘nglum qushi toyiri hariming,

Sayd etma kabutari haramni.

 

To bevatan o‘lmasin ko‘ngullar,

Zulfungdin ayurma pech-u xamni.

 

Yo‘lungda g‘ubori roh bo‘ldim,

Boshimga yeturmading qadamni.

 

Iqlimi vafo Amiridursen,

Ey shah, bu gadog‘a qil karamni.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

734 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qosh qalam xat raqam butxona tarso sanam oshiq tarahhum jabr sitam ko'ngul qush toyir sayd kabutar haram vatan zulf pech xam yo'l g'ubor roh bosh qadam iqlim vafo amir shah gado karam
Muallif
Umarxon Amiriy

Umarxon Amiriy

(1787-1822) O’zbek adabiyoti tarixida «Qo’qon adabiy muhiti» deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo’qon xoni (1810-1822), iqtidorli shoir va e’tiborli siyosiy arbob Umarxon Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettiradi, xususan, Navoiy va Lutfiy ijodiga katta hurmat bilan qaraydi. Amiriy o‘sha davr an’anasiga muvofiq o‘zbek va fors-tojik tillarida she’rlar yozgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Umarxon Amiriy Yakpora g'azallari Umarxon Amiriy asarlari