Sahifa yuklanmoqda . . .


Qil amon, yo rab...

Qil amon, yo rab, aduvlar mojarosidin meni,

Saqlag‘il osiy bu mardumning izosidin meni,

Ser ayla lutfi sultonlar atosidin meni,

Qil judo bul baxt-u tolelar qarosidin meni,

Qutqar, ey xonim, Hasan boqqol balosidin meni,

Qilg‘on ul behuda ham jabr-u jafosidin meni.

 

Koshg‘ar yurti buzuldi keldi, berdim xonumon.

Bosh suqarg‘a joy topolmay yurgan erkan bamakon,

Yaxshilik qildim, uyimga, etmadim dod-u fig‘on,

Chiqmayin joyi imomdin, ayladi bag‘rimni qon.

Qutqar, ey xonim, Hasan boqqol balosidin meni,

Qilg‘on ul behuda ham jabr-u jafosidin meni.

 

Ul mudarris sotti deb, soldi bu ko‘nglumga g‘ubor,

Oxiri bo‘ldi alar kori qoshingda oshkor,

Rahm etib, arzimga yetting sen, deding: «Ey Tunqator,

Yo‘q zamonimda mening zo‘rliq!» deding, ey shahriyor,

Qutqar, ey xonim, Hasan boqqol balosidin meni,

Qilg‘on ul behuda ham jabr-u jafosidin meni.

 

Qozilar oldida berdim o‘n iki tillosini,

Yona besh tilloni berdim, men pulni foydosini,

Rozi qildi qozilar, man ayladi, ig‘vosini,

Yona chiqmas joyidin, yalg‘on qilur da’vosini,

Qutqar ey xonim, Hasan boqqol balosidin meni,

Qilg‘on ul behuda ham jabr-u jafosidan meni...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

142 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
rab amon mojaro osiy mardum lutf sulton judo baxt tole qaro xon hasan boqqol balo jabr jafo koshg'ar yurt xonumon yaxshilik uy dod fig'on qon mudarris ko'ngul g'ubor qosh rahm tunqator shahriyor qozi pul da'vo
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Tarje'bandlar Jahon Otin Uvaysiy Tarje'bandlari Jahon Otin Uvaysiy asarlari