Sahifa yuklanmoqda . . .


O'zim bilaman...


Tagorga ergashib...

Qulog'imda yangrar doim bir nido,
Xo'rsinaman,ko'z yoshimni silaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido -
Bitta o'zim bilaman.

Yuragimda yonar bir o't betutun,
Go'yoki der: qovuraman, tilaman.
Dosh beraman nechun hanuz men beun -
Bitta o'zim bilaman.

Oylar botar,tonglar otar,umr o'tar,
Olislarni ko'zlab- ko'zlab jilaman.
Mening qalbim kimni kutar,qon yutar -
Bitta o'zim bilaman.

Kelurmikan ko'klam yanglig' kutganim,
Umidvorman,ishonmay ne qilaman?
Qachon kelur,qandoq u ko'z tutganim -
Bitta o'zim bilaman.

1974


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Fevralda yuklangan

186 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'zlik bilim tagor quloq nido xo'rsiniq ko'z yosh sabab jon fidokorlik yurak o't tutun dosh un oy tong umr qalb kutish qon ko'klam umid ishonch
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari