Sahifa yuklanmoqda . . .


Og'riq

    Sen qanot bag‘ishla menga, ey og‘riq.

1. O, ilhom, axtardim seni dunyoda,
    Qismat yelkasida yugurdim, yeldim,
    Goh shavq qanotida, goho piyoda
    Yukinib men senga sig‘inib keldim.

 

  Men seni sog‘indim haddan ziyoda,

  G‘amli xotirangga bistarim to‘ldi.

  Bu uzgin ummonda, bu ahgar bog‘da,

  Sirpandim. Men qattiq chirpandim. So‘ldim.

 

  O‘tkinchi g‘amlardan tanamda titroq,

  Rostmi shu, she’r tug‘ar emish alamlar?

  Gohi xo‘rlab, tishlab o‘tdilar biroq.

  Sen bilan kechgan ey, ilohiy damlar,

 

  Balkim ilhomingni sudradi ko‘proq

  Shon-shuhrat burjida yongan sanamlar.

 

2.Sohir yuragingni chaqmoq urdi-ku,
   Ortiq kulfatlarga doimo shaysan,
   Ko‘zingda qotgan nur porlab turdi-ku,
   Sen axir tiriksan, yonib yashaysan.

 

  Tugatib bo‘lmas hech bu dardni ichib,

  Yorilgan yaradan chechaklar o‘sdi.

  Yuragingning yirtiq ko‘ylagin yechib

  Bag‘ringga bosarsan — bormisan do‘stim.

 

  Uzgin — ma’yus.

  Dunyoni shopirar yolg‘onga, chinga,

  Birov rohat qilar ezg‘ib, kuldirib,

  Iztirob urug‘in separ ichinga.

 

  Hay deysan, ne topar meni o‘ldirib,

  Qaraysan ko‘zingga nurni to‘ldirib,

  Balli qobog‘ingning ulug‘ kuchiga.

 

3. Hech narsa yupatmas shoir, hech narsa,

    G‘arib baxtiyorlik endi yupatar.

    Yulib vujudimni titib axtarsam

    Dunyoviy alamning toshlari yotar.

 

    Har kim o‘z qalbiga o‘zidir xoqon,

    Baribir, men seni sevib sizlarman.

    Ehtimol nohaqman, ehtimol haqman —

    Muqaddas Turkiston so‘zin izlarman.

 

    So‘z mening ko‘ksimga sanchilar hayhot,

    Shovulla, gurkira hayot nafasi,

    Ruhga iymon bergil, ey qodir hayot.

    Qizg‘onma samoviy sehrning sasin.

 

    Yurak deb atalgan og‘riq bu — najot,

    Ko‘krak qafasimiz — najot qal’asi.

   1980


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Martda yuklangan

107 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
og'riq ilhom dunyo qismat qanot g'am xotira ummon bog' titroq tan she'r alam sanam yurak chaqmoq kulfat ko'z nur dard yara chechak ko'ylak bag'ri do'st yolg'on chin rohat iztirob ko'krak qafas najot qal'a
Muallif
Rauf Parfi O'zturk

Rauf Parfi O'zturk

O'zbek milliy modern she'riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakili. Birinchi she’ri 1957-yilda e’lon qilingan. „Karvon yo’li“ (1968), „Aks-sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko’zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1991), „Tavba“ (2001) she’riy to’plamlari nashr etilgan. Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi she’rlari bilan tanilgan. Shoir so’zning rang va ohanglaridan, she’riy tasvir vositalaridan o’ziga xos uslubda foydalanadi. She’rlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa jahon she’riyati klassiklarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Rauf Parfi O'zturk She'rlari Rauf Parfi O'zturk asarlari