Sahifa yuklanmoqda . . .


Navbahor. Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar...

Navbahor. Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar,

Suhbat aylaylik kelinglar, jo’ralar, o’rtoqlar.

 

Xush bu mahfilda tiriklik ulfat-u ahbob ila,

O’ynashib, gahe tabiatni qilaylik chog’lar.

 

Rux ochib ko‘zdin nihon bo‘lsa paridek naylayin,

Ayrilib hush-u aqldin telba bo‘lmay sog’lar.

 

Xayfkim ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,

Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog’lar.

 

Marham istab kimsadin, zaxmi dil izhor aylasang,

Choraye qilmoqdin o‘zga, ustiga tirnog’lar.

 

Tobakay mundog’ malomat kunjida doim Muqim,

Bu zamon ko‘z tutgin emdi senga bo‘lsun tog’lar.


Ushbu parokanda g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
11-Yanvarda yuklangan

276 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
navbahor gul bog' suhbat jo'ra o'rtoq tiriklik ulfat ahbob tabiat rux ko'z pari hush aql telba sog' xayf ahli tamiz mahal xor bulbul zog' marham kimsa dil izhor chora tirnoq malomat muqim zamon tog'
Muallif
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

(1850-1903) O‘zbek adabiyotining mashhur vakillaridan bo‘lgan Muqimiy o‘z ijodi bilan Chiqish adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ayni paytda, axborotlar oqimining kuchayishi hamda ijtimoiy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishiga munosib hissa qo‘shdi. Muqimiy o‘z ijodiy maktabiga ega shoirdir.

Batafsil


Yangi Parokanda g'azallar Muhammad Aminxo'ja Muqimiy Parokanda g'azallari Muhammad Aminxo'ja Muqimiy asarlari