Sahifa yuklanmoqda . . .


"Na qilay" radifli g'azal

Bu tani xokiyni-yu ruhi ravonni na qilay?!

Bo‘lmasa qoshimda jonon bu jahonni na qilay?!

 

Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?!

Ibrohimdin qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?!

 

Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do‘zaxin,

Bo‘lmasa vasli menga ikki jahonni na qilay?!

 

Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom,

Oshkora bo‘lmasa sirri nihonni na qilay?!

 

Arshning kungurasin ustig‘a qo‘ydum oyog‘im,

Lomakondin xabar oldim, bu makonni na qilay?!

 

Bir xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,

Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

1942 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tan xok ruh ravon qosh jonon jahon yor boda makka ibrohim eski do'kon sakkiz behisht do'zax vasl zarra nur quyosh oshkor nihon sir arsh kungura oyog' lomakon xabar.makon xudo mashrab g'alat gul qo'l tikan
Muallif
Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrab

(1653-1711) Boborahim Mullavali o‘g‘li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‘zidan keyin alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‘ ijodkorlarimizdan biridir. Uning lirik merosi bilan birga «Mabdayi nur» va «Kimyo»asarlari ham yetib kelgan. Mashrab lirikasining mavzu qamrovi juda keng. Unda olam va odamga aloqador bo‘lgan barcha mavzular qamrab olingan deyish mumkin. Ammo ularning barchasi go‘yoki ishq-muhabbat mavzusi atrofiga birlashgandek tuyuladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Boborahim Mashrab Yakpora g'azallari Boborahim Mashrab asarlari