Sahifa yuklanmoqda . . .


Musofirman g’arib dunyoda...

Musofirman g’arib dunyoda,
Erta qayda bo’lmog’im so’roq.
Lek toliqdim, izn ber bugun,
Yuragingda bo’layin qo’noq.

Momo Havo nafasi tekkan
Yuzim nuri yoritsin diling.
O’zgalarga mehr tutay deb
Uyg’onsa bas bu xasis qo’ling!

Musofirsan telba dunyoda,
Tentiraysan izlab bir makon.
Xayolingga yasolmas bosqin,
Tomiringda uxlagan isyon.

Odam Ato xato qilishning
Qo’yib ketgan ta’mal toshini.
Shubha- senga tashlangan ilon,
Ezib tashla uning boshini.

Musofirmiz bir kam dunyoda,
Yonmoqdamiz topolmay o’zni.
Bezagaymi bir kuni kelib,
Yuraklarni tole’ning husni.

Butun narsa yo’qdir olamda,
Yaltiragan har narsa zarmi?
Senga bir sir aytaman, tingla:
Yuragimda baxtingning yarmi!…


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

67 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
musofir g'arib dunyo so'roq izn yurak qo'noq momo havo nafas yuz nur dil qo'l telba makon iz xayol bosqin tomir isyon odam ato xato ta'mal tosh shubha ilon bosh tole' husn olam zar narsa sir baxt
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari