Sahifa yuklanmoqda . . .


Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil...

Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil,

Qand qimmatin sindur, narxi anbar arzon qil.

 

Husn shohisen, jono, bu hazin gadolarg‘a,

Ko‘z uchi bila boqib, xayr ayla ehson qil.

 

Ishq dinig‘a munkir bo‘lsa zohidi xudbin,

Ey sanam, liqo ko‘rsat, gabrni musulmon qil.

 

Ehtisob uchun zohid kirsa dayr aro, soqiy,

Bir qadah bila oning zuhdidin pushaymon qil.

 

Istasang ko‘ngullarni g‘amza yoyig‘a qirbon,

Qoshlaring hilolini mohi iydi qurbon qil.

 

Sho‘xi chashmi navxatsen, noz dashtida sayr et,

Gardi xoki poyingni surmayi g‘azolon qil.

 

Yor la’lidin harfe ayladin Amir insho,

Ey ko‘ngul, bu gavharni jon ichinda pinhon qil.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

166 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
lab takallum zulf parishon qand anbar husn shoh gado ko'z uch xayr ehson ishq din zohid sanam liqo musulmon dayr soqiy qadah zuhd pushaymon ko'ngul g'amza yoy qosh hilol moh iyd chashm noz dasht gard xok poy amir yor la'l gavhar jon pinhon
Muallif
Umarxon Amiriy

Umarxon Amiriy

(1787-1822) O’zbek adabiyoti tarixida «Qo’qon adabiy muhiti» deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo’qon xoni (1810-1822), iqtidorli shoir va e’tiborli siyosiy arbob Umarxon Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettiradi, xususan, Navoiy va Lutfiy ijodiga katta hurmat bilan qaraydi. Amiriy o‘sha davr an’anasiga muvofiq o‘zbek va fors-tojik tillarida she’rlar yozgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Umarxon Amiriy Yakpora g'azallari Umarxon Amiriy asarlari