Sahifa yuklanmoqda . . .


Jismimda jon borligin dardim aytar...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Jismimda jon borligin dardim aytar,

Yaratgan der: "Haq so'zni mardim aytar",

Kimligimni el ichra qadrim aytar,

Har bandaning qanoti qayrilmasin,

Umrin bersin, baxtidan ayrilmasin.

 

Yomg'iri yo'q bulutni bulut demang,

Qanot kergan quzg'unni burgut demang,

Ko'ngil ko'rki - ishq dardin unut demang,

Oshiq bo'lsa, ohidan ayrilmasin,

Osmon bo'lsa, mohidan ayrilmasin.

 

Chimmat asli chiroyni ko'zdan asrar,

Hayo xulqni ta'navor so'zdan asrar,

Haq bahorni yoz, yozni kuzdan asrar,

Ko'hna dunyo ko'rkidan ayrilmasin,

Inson aslo erkidan ayrilmasin.

 

Alloh neni yaratdi, toq ko'rmadim,

Bu dunyoning sochida oq ko'rmadim,

Ishq ahlini mast ko'rdim, sog' ko'rmadim,

Ko'ngil toza ko'zgudan ayrilmasin,

Odam shirin orzudan ayrilmasin.

 

Gar tosh otsang, soyga ot - jondoshi bor,

Qadri borning qarindosh-qondoshi bor,

Mahmudning ham bir luqma xush oshi bor,

Yo'qlab turgin: qanoti qayrilmasin,

Diydori dur do'stlardan ayrilmasin.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

210 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Iskandar Hamroqulov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
jism jon dard yaratgan haq so'z mard el qadr banda qanot umr baxt yomg'ir bulut quzg'un burgut ko'ngil ko'rk ishq oshiq osmon moh chimmat chiroy ko'z hayo xulq ta'na bahor yoz kuz dunyo inson erk Alloh ko'zgu
Muallif
Mahmud Toir

Mahmud Toir

Shoir Mahmud Toirov 1952-yilning 31-avgustida Toshkent viloyatining Parkent qishlog’ida tavallud topgan. Mahmud Toirov 1959-yil Nizomiy nomidagi o’rta maktabga o’qishga kirib, uni 1969-yili tamomlaydi. Huddi shu yili Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kiradi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mahmud Toir She'rlari Mahmud Toir asarlari